Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti tomonidan 2025-yil 19-aprel kuni “Yoshlarga xorijiy tillarni o‘rgatishda innovatsion yondashuv: muammo va yechimlar” mavzusida 1-amaliy talabalar anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda Alfraganus universiteti talabalari bilan bir qatorda, xalqaro hamkor universitetlar talabalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boriladi:
— Til tarixi, o‘zbek tilshunosligi va tillarni qiyosiy o‘rganish muammolari;
— Jahon adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik metodologiyasi;
— O‘zbek tilining xorijda o‘qitilishi va o‘zaro hamkorlik masalalari;
— Madaniyatlararo muloqotda xorijiy tillarning ahamiyati;
— Ta’lim tizimida integratsiyalash usullarini joriy etish;
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Shahlo_Halimova