Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan 2025-yil 20-may kuni "Zamonaviy ijtimoiy fanlarning dolzarb muammolari" mavzusidagi magistr va bakalavr talabalarning konferensiyasi o'tkaziladi.
Shu munosabat bilan quyidagi yo'nalishlarda maqolalarni 2025-yilning 10-may kuniga qadar topshirishingiz mumkin:
—Falsafa fanlarining jamiyat hayoti va yoshlar tarbiyasidagi o'rni;
—XXI asrda Tarix fanlarining zamonaviy muammolari;
—Zamonaviy jamiyat rivojida huquqiy fanlarning ahamiyati;
—XXI asr jamiyatida xalqaro munosabatlarning dolzabr masalalari;
—Ijtimoiy fanlarni o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ro'li;
—Jamiyat va inson munosabatlari mutanosibligida diniy va dunyoviylik uyg'unligi.
Maqolalarning elektron shaklini quyidagi elektron manziliga yoki telegram profiliga yuborishingiz mumkin:
jamolmamanov89@gmail.com
Telegram: Mamanov