“Talabalar ligasi” musobaqasi doirasida sportning yengil atletika hamda badminton turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Alfraganus universiteti talaba-sportchilari ham faol ishtirok etib, yengil atletika bo‘yicha qizlar o‘rtasida uzunlikka sakrash hamda uch hatlab sakrash dasturlarida 1-o‘rinni Roksana Xudoyarova qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida g‘ovlar osha yugurish hamda 3000 metrga yugurish yo‘nalishlarida Bohodirov Sheroz munosib o‘rinlarni egalladi.

Badminton bo‘yicha ishtirok etgan talaba-sportchilarimiz esa musobaqaning guruh bosqichida o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.