Alfraganus universitetida talabalar ta’lim jarayoni bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar rahbarligida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega.
Universitet talabalari professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar, ilmiy-amaliy seminarlar va akademik anjumanlarda ishtirok etib, o‘z ilmiy ishlari va tadqiqot natijalarini taqdim etishlari mumkin.
Bunday imkoniyatlar talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda xalqaro akademik tajriba orttirishiga xizmat qiladi.
Alfraganus universiteti — ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlik uyg‘unlashgan maskan.

