Alfraganus universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti 1-bosqich talabasi Bogdan Odinayev O‘zbekiston U-20 futbol terma jamoasi darvozaboni sifatida Tojikistonda bo‘lib o‘tgan “CAFA U-20 Championship” xalqaro turnirida qatnashdi.
Musobaqa davomida talabamiz jamoa muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shib, yuqori mahorat va professional o‘yin namoyish etdi.
Alfraganus universiteti jamoasi nomidan Bogdan Odinayev hamda uning jamoasini CAFA chempionligi bilan tabriklaymiz!

