Alfraganus universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti magistranti Ozoda Sobirjonova Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
![]() |
Musobaqa davomida sportchimiz o‘z vazn toifasidagi barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli oltin medalni qo‘lga kiritdi hamda Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
![]() |
Alfraganus universiteti jamoasi nomidan Ozoda Sobirjonovani ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.



