Alfraganus universiteti "AFU farm" klubi tomonidan "Tibbiyotchilar birdamlikda" mavzusidagi onlayn tanlov o'tkaziladi.

Tanlov 3 ta shartdan iborat bo'lib:

—1-shart: Klub doirasida kunlik savollar guruhga yuborilib, har bir to'g'ri javob uchun 1 balldan taqdim etiladi;

—2-shart: Farmatsevtika sohasida 2 kunda bir marotaba savollar  berilib, har bir to'g'ri javob uchun 5 balldan beriladi;

—3-shart: Haftaning faqatgina shanba kuni soat 20:00 da klub doirasida 1 marotaba ovozli chat bo'lib o'tadi.

Tanlov joriy yilning 20-may kuniga qadar davom etib, o'sha kuni g'oliblar e'lon qilinadi hamda diplom va qimmatbaho kitoblar sovg'a qilib beriladi.