O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi muhim vazifalarni amalga oshirish, xususan: IT-sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, it-xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, O‘zbekistonni mintaqaviy it-hubga aylantirish yo‘lida Raqamli texnologiyalar vazirligi va Uzbekistan Creative Association tomonidan 16–17-may kunlari yirik va innovatsion tadbir — “Tashkent Game&Animation Fest” bo'lib o'tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mo‘minov ko‘chasi, 7/1-uy (IT-park majmuasi)