A'zamov Ruxulloh Mahmudjonovich - Alfraganus universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
A'zamov Ruxulloh Mahmudjonovich 1992 - yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Mehnat faoliyati 10 yil.
Shu kunga qadar mazkur soha yo'nalishida O‘zbekiston futbol federatsiyasida mutaxassis, o'qituvchi, O'zbekiston Respublikasi sport vazirligida kotib-referenti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida rektor assistenti, dekan o'rinbosari, IIV Akadеmiyasi o‘quv kurslari saf qismi otryad komandiri, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha murabbiylarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Sport boshqaruvi kafedrasi dotsenti, Alfraganus universiteti Sport faoliyati kafedrasi professori lavozimlarida ishlab kelgan.
Tabriklaymiz va omad tilaymiz!

