Farmatsevtika fanlari doktori, (PhD), O'zbekiston belgisi ko'krak nishoni, "Do'stlik" o'rdeni sohibi, sog'liqni saqlash a'lochisi Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovich - Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovich 1977-yil Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida tug'ulgan. Oilali. 3 nafar farzandi bor.
O'z sohasi bo'yicha uzoq yillik tajribaga ega.
Shu kunga qadar Kengash raisi, dekan o'rinbosari, bo'lim mudiri, bo'lim boshlig'i, direktor, kafedra mudiri, dekan, prorektor, Alfraganus universiteti Sirtqi bo'lim boshlig'i lavozimlarida ishlab kelgan.

