Umarov Amirxon Nasim o'g'li - Alfraganus universiteti OAVlar bilan ishlash hamda strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Amirxon Umarov shu kunga qadar media sohasida faoliyat yuritib, MY5 telekanalida Bosh produser hamda boshlovchi, "Makon” telekanalida ijrochi direktor, Shuningdek, “Yosh jurnalistlar maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

