Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti Farmatsevtika va kimyo kafedrasi tomonidan bir guruh talabalar ishtirokida poytaxtimizdagi Oʻzbekiston - Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida amaliyot darslari tashkil etildi.

Amaliyot darslari davomida talabalarimiz markazdagi kimyo, neft-kimyo, foydali qazilmalarni qazib olish va chuqur qayta ishlash, energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiyani tejash, mashinasozlik hamda materialshunoslik laboratoriyalari bilan tanishib chiqdilar.