Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va o‘qituvchilar diqqatiga!

Tibbiy ta’limda o‘quv resurslarini yaratish va rivojlantirish markazi, “Innovative Developers” MCHJ hamda “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorligida realpatient.uz nomli virtual bemor simulyatsion ta’lim platformasi ishga tushirildi.

Mazkur platformada “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Stomatologiya”, “Tibbiy-profilaktika ishi” va “Farmatsiya” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun zarur o‘quv materiallari joylashtirilmoqda.


📚 Hozirda quyidagilar mavjud:

Darsliklar,

Video ma’ruzalar,

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha video darslar,

Vaziyatli masalalarning video ko‘rinishlari.

🆓 Platformadan foydalanish bepul — ro‘yxatdan o‘tgan har bir talaba o‘z yo‘nalishiga mos materiallardan bemalol foydalanishi mumkin.

📱 Kirish uchun: realpatient.uz