Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti tomonidan “Farmatsevtik botanika” faniga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv-amaliyot seminari bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
Mazkur seminar “Ekologik tafakkur va amaliy tajriba uyg‘unligi” mavzusida tashkil etilib, talabalar nazariy bilimlarni real hayotiy misollar va amaliy tajriba asosida chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
![]() |
![]() |
Seminar davomida farmatsevtik botanikaning ekologik ahamiyati, dori-darmon xomashyosi sifatida o‘simliklarning o‘rni, ularning to‘g‘ri yig‘ilishi va ishlov berish bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.