Bugun kongress ishining 3-chi kunida “Impact ranking – 2025” xalqaro reyting natijalari e’lon qilindi. 

Alfraganus universiteti “Times Higher Education" xalqaro reyting agentligining "Impact ranking - 2025" reytingiga kiritildi!

Quvonarlisi, Alfraganus universiteti tashkil etilganiga 3 yil bo'lganiga qaramasdan mazkur reytingda birinchi marta ishtirok etdi va natijada 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlaridan 8 ta maqsadlar bo'yicha jahon reytingida TOP-1000 talik ro'yxatidan o'rin oldi.

Barcha Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo'yicha quyidagi natijalar qayd etildi:

1. Kambag'allikni qisqartirish - 1001

2. Oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish - 601-800

3. Sog'liq va farovonlik - 1001-1500

4. Sifatli ta'lim - 1501

5. Gender tenglik- 1001-1500 

6. Toza suv va sanitariya - 801-1000

7. Arzon va toza energiya - 801-1000

8. Munosib mehnat va iqtisodiy o'sish - 1001 

9. Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma - 1001

10. Tengsizlikni kamaytirish - 1001

11. Barqaror shaharlar va jamoalar - 801-1000

12. Ma'suliyatli iste'mol va ishlab chiqarish - 601-800 

13. Iqlim o'zgarishi - 601-800 

14. Dengiz ekotizimlarini asrash - 401-600

15. Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash - 601-800 

16. Tinchlik, adolat va samarador institutlar - 1001

17. Maqsadlar uchun hamkorliklar - 1001-1500 

Ma'lumot uchun, mazkur xalqaro reytingda 130 davlatdan 2526 ta oliygohlar ishtirok etgan.