— #KONFERENSIYA   #2_KUN

”Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosining ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasidagi rasmiy tadbirlar nihoyasiga yetdi.

Bugun esa ishtirokchilarimiz uchun Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.

Ular O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, tinch va zamonaviy hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu madaniy tashrif ilmiy hamkorlik ruhini yanada mustahkamladi, do‘stona rishtalarni kuchaytirdi.

Alfraganus universiteti xalqaro mehmonlarga tashakkur aytadi. Ilm, tafakkur va madaniyat yo‘lida yanada yaqin, yorqin hamkorlikdan manfaatdor ekanini bildiradi.