Alfraganus universiteti Turizm fakultetining Dizayn 23-1 yo‘nalishi talabalari amaliyot jarayonida “SORUJENIYA PROYEKT” loyiha tashkilotida amaliy loyihalarda faol ishtirok etdilar.
![]() |
Amaliyot davomida talabalar zamonaviy loyiha ishlari bilan yaqindan tanishib, ko‘cha dizaynlari, bosh rejalar hamda kompozitsion yechimlarni o‘rgandilar.
![]() |
Shuningdek, ushbu amaliyot ularning badiiy didini rivojlantirish, estetik qarashlarini kengaytirish hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Jarayon davomida talabalar loyiha bosh muhandisining amaliy tavsiya va ko‘rsatmalarini o‘rganib, kasbiy tajribalarini yanada boyitdilar.



