Alfraganus universiteti Turizm fakulteti talabalari dual ta’lim dasturiga asosan turistik biznes subyektlari bazasidagi amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqda. Xususan, “Wyndham Tashkent Hotel” mehmonxonasida nomerlarni bron qilish, turistlarni ro‘yxatga olish, joylashtirish va ovqatlanish xizmatlarini taqdim etish yuzasidan amaliy ko‘nikmalar o‘zlashtirildi.

Shu bilan birga, talabalar “Huzur Travel” turistik agentligida korporativ mijozlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, turlarni avtomatik tasniflash, to‘lovlarni amalga oshirish va raqamli marketing vositalaridan foydalanish bo‘yicha operatsion boshqaruv kompetensiyalariga ega bo‘lishdi.

Dual ta’lim mashg‘ulotlari talabalarni turistik kompaniyalar va mehmonxonalar uchun yuqori malakali mutaxassis sifatida tayyorlab borishga xizmat qilmoqda.