Turizm fakulteti talabalari uchun navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyalari — Baxrinov Bekzod Fozilovich, Musayev Umidbek Maksudbekovich hamda bir qator tajribali advokatlar ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv davomida sudyalar bugungi kunda yoshlar orasida uchrayotgan jinoyat turlari, ularning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari yuzasidan atroflicha maʼlumot berishdi. Shuningdek, jinoyat sodir etilishining inson hayoti va taqdiriga ta’siri haqida talabalarga batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.