Turizm fakulteti Xalqaro turizm menejmenti kafedrasi tomonidan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Unda Turizm fakulteti dekani Shuxratjon Sayfutdinov, turizm yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
![]() |
![]() |
![]() |
Ilmiy seminarda Musayeva Sayyora Abduvohidovnaning “Barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda MICE turizmini rivojlantirish imkoniyatlari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy ishining rasmiy himoya bosqichlari oldidan taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
![]() |
Seminar davomida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalar, ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklarning ahamiyati yuzasidan batafsil fikr yuritildi. Taqdimot yakunida dissertatsiya ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.