Alfraganus universiteti Turizm fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi tashabbusi bilan Malayziyaning Sultan Idris ta'lim universiteti professori Dr. Puteri Zarina Megat Khalid ishtirokida kafedra professor-o‘qituvchilari uchun "English for Specific Purposes in the EFL Context" mavzusida ilmiy vebinar tashkil etildi.

Mazkur vebinarda xorijlik professor ilmiy yondashuvlar asosida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Professor-o‘qituvchilarimiz esa o‘zlari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda sohaga oid yangi bilimlarga ega bo‘ldilar.

Bunday ilmiy tadbirlar ta'lim sifatini oshirish, xorijiy tajribani o‘rganish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

ALFRAGANUS UNIVERSITY