O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 36-son qaroriga ko‘ra, Turizm fakulteti talabalari o‘rtasida “Mening yurtim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov yakunida eng yaxshi insho muallifi bo‘lgan 3 nafar talaba fakultet dekani tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.