O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Jahon va milliy turizm rivojlanishining dolzarb masalalari va zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada turizm sohasidagi global o‘zgarishlar, raqamli transformatsiya, ekologik yondashuvlar hamda turizmni barqaror rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbirda Alfraganus universiteti Xalqaro turizm menejmenti kafedrasi mudiri, professor Sirojiddin Xalilov “Turizm sohasida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning strategik aspektlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ushbu taqdimot tashkilotchilar tomonidan e’tirof etilib, sertifikat bilan taqdirlandi.