Bugun Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasida Turkiya elchisining ta'lim bo'yicha maslahatchilari – Abubakir Oydin, Hamdi Turshuju janoblari hamda Alfraganus universiteti rektori M.M.Maxmudov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda 2024/2025 - o'quv yilidan boshlab ya'ni sentabr oyidan Turkiya elchixonasi yordamida, Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti qoshida, Turk tili markazi va markaz ichida maxsus o'quv kurslari tashkil etilishi belgilandi.
Eng quvonarlisi, o'quv markaziga Turkiyadan Turk tili bo'yicha malakali ustozlar jalb qilinadi. Ushbu markazda talabalardan tashqari universitet professor - o'qituvchilari, xodimlar uchun ham maxsus kurslar tashkil etiladi.
_________________________
➖ DTM ball bilan hujjat topshirish
➖ Magistraturaga hujjat topshirish
➖ Qabul boti: @AfuQabulBot
☎️ +99878 122 75 57