Ayni damda Turkiyaning Mersin va Nejmeddin Erbakan hamkor universitetlari o`rtasida “Ipak yoʻli va konferensiyalar" seriyasi (SIRCON 2024) “BIR YO’L-BIR MAKON: TIL, INSON KAPITALI VA MADANIY MEROS” mavzusidagi xalqaro konferensiya birinchi ish kunini boshladi.
Avval xabar qilganimizdek, Alfraganus universitetining Kuzatuv kengashi a`zolari, rahbariyat vakillari va professor-o`qituvchilaridan tashkil topgan rasmiy delegatsiya vakillari ishtirok etmoqdalar.
Mazkur konferensiyaning ochilish jarayonida Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov so’zga chiqib, konferensiyaga mezbonlik qilayotgan Mersin universiteti va doimiy hamkorimiz bo’lgan Necmettin Erbakan universiteti rahbariyati va ahil jamoasiga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Konferensiya ishtirokchilari inson kapitali, madaniy meros va turkiy tillarga bejizga alohida urg’u berilmaganligi, tilimizga jiddiy e’tibor qaratishimiz, ota-bobolarimiz yaratib ketgan madaniy va ilmiy merosni asrashimiz, milliy qadriyatlarimizni saqlashimiz kerakligi haqida alohida ta`kidladilar.
r r r r r r r r Konferensiya o`z ishini davom ettirmoqda.