Alfraganus universitetida Turkiyaning Balıkesir universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tashrifi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ilmiy-ijodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv Alfraganus universitetining xalqaro aloqalarini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.