Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakultetining bir qator professor-o‘qituvchilari 2026-yil 1-iyundan boshlab Turkiyaning Ege universitetida malaka oshirish kurslarini boshladilar.

Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida Ege universiteti Farmatsiya fakulteti dekani Hande Gurer Orhan bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligi, tajriba almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi va o‘zaro kelishuvga erishildi.

Ushbu hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro akademik integratsiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.