Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakultetining Farmatsevtika va kimyo, Ichki kasalliklar hamda Stomatologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari Turkiya Respublikasining Ege Universityda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunlashdi.

Malaka oshirish jarayonida professor-o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg‘or tibbiy ta’lim metodlari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rgandilar.

Dastur doirasida ilmiy maqolalar tayyorlash, akademik dars jarayonlarida ishtirok etish, tajriba almashinuvi va ta’lim jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qator hamkorlik ishlari amalga oshirildi.

Yakuniy bosqichda professor-o‘qituvchilarga malaka oshirishni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari munosabati bilan sertifikatlar topshirildi.