Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakultetining Farmatsevtika va kimyo, Ichki kasalliklar hamda Stomatologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari Turkiya Respublikasining Ege Universitetida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish va akademik faoliyatlarini boshladilar.
![]() |
O‘quv jarayonlari davomida professor-o‘qituvchilar o‘z mutaxassisliklari doirasida ilmiy maqolalar tayyorlash, tajriba va dars almashinuvi, akademik mashg‘ulotlar olib borish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini amalga oshiradilar.
![]() |
![]() |
Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan istiqbolli kelishuvlar yuzasidan fikr almashildi.




