Alfraganus universiteti va Turkiyaning Chanakkala O'nsekiz Mart universiteti hamda ushbu oliy ta'lim muassasasining Turk tili o‘qitish markazi (TÖMER) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va til sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, turk tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.