Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti dekani Ozodjon Kuliyev Turkiyaga xizmat safari davomida Ondokuz Mayıs universiteti rahbariyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish hamda talabalar almashinuv dasturini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.