Hozirda Alfraganus universiteti jamoasi hamda Turkiyaning Konya shahrida joylashgan Necmettin Erbakan universitetining Big Data departamenti mutaxassislari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.
![]() |
Uchrashuv davomida oliy ta'lim tizimida katta ma'lumotlar (Big Data) texnologiyasini qo'llashning afzalliklari, universitetning xalqaro reytinglar bilan bog'liq faoliyatini Big Data texnologiyasi bilan integratsiyasi, xalqaro reyting tashkilotining "Impact Ranking" xalqaro reytingida faol ishtirok etishda kafedra va fakultetlardagi Barqarorlik (Sustainability) bo’yicha mas'ullarining roli va ish faoliyati, 17 ta BRM bo'yicha hisobotlarni shakllantirishda universitet ichki BRM platformasini ish tizimi, universitet xalqaro jurnallari hamda boshqa mavzuga tegishli ma'lumotlar berildi.
![]() |
![]() |
Uchrashuv so'nggida kelgusida ikki tomonlama xalqaro reytinglar, ilmiy nashrlar faoliyatida hamkorlik qilishga kelishib olindi.