Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining dotsenti A.Jo`rayev hamda Xalqaro munosabatlar va tarix kafedrasi katta o`qituvchisi M.Turdiyev hamkorligida fakultet talabalari 1-3 mart kunlari Turkiyaning Karabuk universitetida o`tkazilayotgan Sotsiofestivalda ishtirok etish uchun jo`nab ketishgan edi.


Bugun esa, mazkur universitetning Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, professor Muhitdin Kapanshaxin bilan uchrashuv tashkil qilinib, suhbat o’tkazildi.


Samimiy uchrashuv doirasida kelgusida ikki universitetlar o`rtasida professor-o`qituvchilar, talabalarning akademik almashinuvini amalga oshirishda  yangicha yondoshuv va kreativ tizim yaratishga ham kelishib olindi.

r r r Tashrif yakunida mezbonlarga hurmat ramzi sifatida esdalik sovg`alari topshirildi.