Alfraganus universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri PhD, dotsent Po`latov Sherdor Nematjonovich, mazkur kafedra dotsenti Jo’rayev Ahmad Muhammadiyevich hamda Falsafa mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatsiyamiz a`zolari shu kunlarda Turkiyadagi Karabuk universitetida malaka oshirish ishlarini amalga oshirmoqdalar.


Bugun ularning Turkiyadagi Sport, sog’liq va madaniyat boshqarmasi boshlig’i Dr. O’zjan Buyukgench, Karabuk universitetining Adabiyot fakulteti Dotsenti, Dr Boltaboyev Saidbek, Xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i o’rinbosari Nurulloh Kilinchlar ishtirokida uchrashuvi tashkil etildi.

Suhbat chog`ida, dastlab ikki davlat universitetlari o`rtasida tuzilgan keng qamrovli amaliy hamkorlik aloqalari haqida iliq fikrlar almashildi. Uning istiqbolli kelajagi va yanada rivoji uchun kelgusidagi ishlar haqida muzokaralar olib borildi.