25 - aprel kuni Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri PhD Pulatov Sherdor Nematjonovich, dotsent Jo’rayev Ahmad Muhammadiyevich hamda magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalar Karabuk universiteti, Prorektori Prof. Dr. Ismail Raqip Qarash, hamda Adabiyot fakulteti dotsenti Dr. Boltaboyev Saidbek bilan uchrashdilar.
Unda universitetlar o’rtasidagi aloqalar ikki tomon uchun manfaatli bo’layotgani hamda universitetda yaratib berilgan sharoitlar uchun minnadorchilik bildirildi.
Kelejakda ikki universitet ijtimoiy fanlar sohasidagi grantlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.