Avval xabar qilganimizdek, Alfraganus universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o’qituvchilari hamda talabalar Turkiyaning Karabuk universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan (xalqaro ijtimoiy fanlar festivali) sosyalfestda ishtirok etmoqda.
Bugun vakillarimiz Karabuk universiteti rektori Fatih Kirişik va rektor yordamchisi İsmail Rakıp Karaş bilan uchrashdilar. Uchrashuvda ikki universitet o’rtasidagi hamkorlikka oid qator masalalar muhokama qilindi.