Alfraganus universiteti professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Konya shahrida joylashgan Saljuk universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan XIV Al-Farobiy xalqaro ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar kongressida ishtirok etdilar.
![]() |
Mazkur kongressda pedagogika fanlari doktori, professor Shahlo Botirova, pedagogika fanlari doktori, dotsent Maftuna Qurbonova, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Muxlisa Omonovalar ta'lim tizimidagi dolzarb masalalar tahliliga bag'ishlangan ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
![]() |
Kongress yakunida Saljuk universiteti rahbariyati hamda kongress tashkilotchilariga Alfraganus universitetining ramziy esdalik sovg'alari topshirilib, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik strategiyalarini amalga oshirish bo'yicha kelishuvlar imzolandi.
![]() |
![]() |
Kongress ishtirokchilariga Turkiyaning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga ekskursiya tashkil etildi.