Shu kunlarda Turkiyaning Necmettin Erbakan universitetida amaliyotda bo`lib turgan Alfraganus universiteti talabalarining hamkorlik darslari, sayohatlari juda qiziqarli amalga oshirilmoqda.
Ular shaharning Sosyal İnovasyon Ajansı va Kapsül Teknoloji Merkezlarida bo'lib markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
“SIRCON2024 Uluslararası Kış Kampı” doirasida ikki davlat universitetlari o`rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi va bu haqida mezbonlarimizning ijtimoiy tarmoqlarida (https://twitter.com/SBFNEU/status/1760940957552316885) ko`rishingiz mumkin.
r r r Shuningdek, talabalarimiz tomonidan ajoyib tadbir tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari so`zga chiqib, o’z taassurotlarini bo’lishdilar. Kechada Alfraganus universiteti faoliyati haqida videoroliklar namoyish etildi. Yakunda esa, barcha talabalarimiz esdalik sovg`alar hamda maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.