Turkiyaning «Anadolu`da Bugun», «Bakiş Gazetesi», «BBN Haber», «Kadınhanı Sözcü», «Konya Ereğli Güneş Gazetesi», «Konya Postasi», «Merhaba», «Yeni Haber Gazetesi», «Yeni Konya» matbuotida Alfraganus universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalar “SIRCON2024 Uluslararası Kış Kampı” dasturi doirasida Turkiyaning Konya shahridagi Necmettin Erbakan universitetida amaliyot o`taganliklari haqida turli sarlavhalar ostida yangiliklar e`lon qilindi.


r Ularda ikki universitet talabalari birgalikda darslarga qatnashib, o`qishdan bo`sh bo`lgan vaqtlarida mamlakatdagi turli yo`nalishdagi bilimlar markazlariga, o`lkaning tarixiy maskanlariga uyushtirilgan sayohatlarga borganliklari va bu ikki davlat yoshlari o’rtasida do’stona munosabatlarni shakllantirgani haqida yozilgan.