Turkiyaning Necmettin Erbakan universitetida amaliyotda bo`lib turgan Alfraganus universiteti talabalari kuni kecha navbatdagi amaliy dars jarayonida qatnashib, Prof. Dr. Hasan Hüseyin Bircanning «Türk İslam Düşüncesi» mavzuda o`qigan ma'ruzasini tingladilar.

Kunning ikkinchi yarmida, Konyada qad rostlagan katta ilm markazlaridan biri "Model Fabrika"ga tashrif buyurdilar. Bu yerda markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan o`zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


Navbatdagi safar esa "Bilim Merkezi"ga bo'ldi. Tashqi dizayni koinotni yodga soluvchi mazkur markazda 7 ta galereya zallari mavjud bo`lib, u yerga kirgan kishi o’zini bir vaqtning o’zida turli sohalarga sayohat qilgandek his qilar ekan.

Ana shunday kechinmalar bilan talabalarimiz "Planetaryum Gezisi"da ham bo'ldilar. Bu yerda ular koinot va zaminimizning paydo bo'lishiga oid videoroliklarni katta formatda tomosha qilishga muvaffaq bo'ldilar.

Aytish joiz, Turkiyaning Necmettin Erbakan universiteti Alfraganus universiteti talabalariga mezbon sifatida yuksak e`tibor qaratmoqda.

Ayniqsa talabalarimiz haqida “SIRCON2024 Uluslararası Kış Kampı kapsamında Özbekistan Alfraganus Üniversitesi öğrencileri Dekanlığımıza ziyarete geldiler” nomli (axborot) post e’lon qilingani bizni mamnun etdi.