Alfraganus universiteti rektori A. Ismailov boshchiligida rahbariyat vakillari Turkiyaning Karabük universiteti tomonidan tashkil etilgan “SOCIALFEST 2026” xalqaro festivalida ishtirok etmoqda. Mazkur tadbirda Istanbul shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli ham qatnashmoqda.Ahamiyatli tomoni ushbu ko’rgazmalarda 20 dan ortiq davlatlar, 20 mingdan ziyod loyihalari bilan qatnashmoqdalar. Shuningdek, 1200 dan ortiq xalqaro ilmiy grant loyihalaridan 300 tasi finalga saralandi. Quvonarlisi, eng ko‘p xalqaro grant loyihalarini topshirgan OTM sifatida Alfraganus universiteti peshqadamlik qilmoqda.“SocialFest” — ijtimoiy fanlar, innovatsion g‘oyalar va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yirik xalqaro platforma bo‘lib, turli davlatlardan oliy ta’lim tashkilotlari vakillarini, yosh tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda innovatorlarni bir joyda jamlagan.Festival doirasida ijtimoiy innovatsiyalar, turkiy dunyo hamkorligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’naviyat hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi loyihalar taqdim etilmoqda. Shuningdek, xalqaro seminarlar, workshoplar, networking uchrashuvlari va taqdimotlar tashkil etilmoqda.Mazkur festival Alfraganus universiteti uchun xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish, yangi loyihalar va grant dasturlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion tashabbuslarni rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling