Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari Turkiyaning Karabuk universitetida talabalar almashinuv dasturi doirasida nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlashmoqda.
Ushbu dastur doirasida talabalar zamonaviy laboratoriyalar, klinikalar va tibbiy markazlarda malaka oshirish bilan birga, xalqaro tajriba almashinuvi, ilg‘or o‘quv metodikalari bilan tanishish hamda tibbiyot sohasidagi eng so‘nggi texnologiyalarni o'rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.