Alfraganus universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Turkiyaning Balıkesir universiteti talabalari uchun amaliy sport mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazmoqdalar.