Turkiyada bo`lib turgan Alfraganus universiteti professor-o`qituvchilari bu gal Karabuk universitetining bir qancha fakultetlariga taklif etildilar.
Ular universitetning muhandislik fakulteti vakillari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda qatnashdilar. Delegatsiyamiz a’zolari Karabuk universitetida mavjud tibbiy injiniring yo’nalishi magistratura bosqichini Alfraganus universitetida tashkil etish (Erasmus granti asosida, “1+1” ) bo`yicha hamkorlik qilish taklifini bildirdi.
Qolaversa, universitetimizning Raqamli texnologiyalar fakulteti kiberxavfsizlik injiniringi yo`nalishi ham Karabuk universitetining muhandislik fakulteti bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgan.
Vakillarimiz Karabuk universitetining tibbiyot fakultetiga ham tashrif buyurib ochiq darslarda qatnashdilar. Shuningdek, laboratoriya xonalari, talabalar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Kichik doirada olib borilgan muzokaralar davomida Alfraganus universitetining 15 nafar talabalalari ikki nafar o`qituvchilar hamrohligida universitetning fundamental fanlari bo`yicha akademik almashinuv uchun yuborilishi belgilandi.
r r r r r r r r Delegatsiyamiz a’zolari kunning ikkinchi qismida Karabuk universiteti, Sağlık bilimleri fakültesiga tashrif buyurdilar. U yerda fakultet dekani bilan hamkorlikda oliy hamshiralik, fizioterapiya, neontologiya bo`limlarini ko`zdan kechirib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv so`nggida mezbonlar universitetimiz vakillariga maxsus sertifikatlar taqdim etdilar.