Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Muhamedov Asror Asadovich ayni kunlarda Turkiyada xizmat safarida bo’lib turibdi.
Falsafa fanlar doktori (Phd) dotsent Asror Muhammedovning “Yusuf Xos Hojibning ijtimoiy falsafaviy qarashlari” kitobi turk tiliga tarjima qilindi.
Turkiyaning Karabuk universitetida ushbu kitobning taqdimoti bo’lib o’tdi. Unda Turkiyalik olimlar, professor-o’qituvchilar, yosh izlanuvchilar ham ishtirok etdilar.