Turkiyaning Konya shahridagi Necmettin Erbakan universitetida amaliyotda bo`lib turgan Alfraganus universiteti talabalari ushbu universitetning tajribali professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan dars jarayonlarida ishtirok etmoqda. Turkiyalik talabalar bilan bir safda turib o’quv mashg’ulotlarining borishi, dars jarayonlarini tashkil etilishiga guvoh bo’lmoqdalar.
Bundan tashqari, Konyaning ko`zga ko`ringan, tarixiy joylarida talabalarimiz uchun ochiq darslar tashkil qilib berilmoqda.
Kuni kecha talabalarimiz Necmettin Erbakan universitetining Eğitim fakültesida Dr.Murat ATEŞ tomonidan "Türk Dili ve Etkinliği" mavzusida o`qigan ma'ruzani tingladilar, Çatalhöyük nomli tarixiy obidaga sayohat qildilar, maxsus marosimlar o`tkaziladigan "Sema Töreni"ga tashrif buyurdilar.
Tushlik uchun ikki davlat talabalari milliy taomimiz bo’lgan palovni birga tayyorladilar. Mazkur tadbirlar talabalarimiz uchun amaliyot jarayonlarini yanada qiziqarli bo’lishiga xizmat qilmoqda.