Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti dekani Davron Nosirov hamda universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Zuhra Saidovalar bilan 2026-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq "Ibrat farzandlari" nodavlat notijorat tashkiloti Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Mirzayev hamda "Mutolaa" loyihasining korporativ va tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha menejeri Ulug‘bek Qobiljonov ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida xodimlarning xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallash hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda loyihalarning maqsadi, taqdim etayotgan imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tadbir yakunida loyiha vakillari tomonidan barcha ishtirokchilarga "Ibrat farzandlari" va "Mutolaa" platformalarining 3 oylik Premium obunalari taqdim etildi.
![]() |
![]() |
![]() |




