Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar va Turizm fakulteti tashabbusi bilan ko'p qirrali ijodkor, yurist, hozirgi kunda "You Tube" platformasida "MrOtabekTV" kanalining asoschisi hamda "Yuksalik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv" nomli kitobning muallifi Otabek Mahkamov universitetimiz talabalari bilan uchrashuv o'tkazadilar.
Uchrashuv joriy yilning 1-may kuni soat 11:00 da, "C" bino, Teatr zalida bo'lib o'tadi.
Barchangizni ushbu uchrashuvga taklif etamiz!