Alfraganus universiteti Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan B.A Holding biznesni rivojlantirish departamenti direktori, Wang da group CEO, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Guzalxon Tojimirzayeva hamda Univers light MChJ rahbari, Oliy ma'lumotli iqtisodchi, xalqaro toifadagi psixolog, “Gold face Azerbaijan”, “Diamond Turkey” mukofoti sovrindori, Mahalliy va xalqaro tadbirlar tashkilotchisi Zebiniso Rahmatullayevalar bilan talaba qizlar o'rtasida "Qizlar har jabhada ilg'or" mavzusidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda talabalarga muvaffaqiyat sari yo'l, biznesni boshlash va rivojlantirishdagi ilk qadamlar, shaxsiy brend yaratish, hamda ayollar liderligini mustahkamlash borasida qimmatli maslahatlar beriladi.