Dunyoning turli mamlakatlaridan qatnashayotgan olimlar, professorlar, tadqiqotchi-ekspertlar, siyosatchilar, tadbirkorlar tomonidan ahamiyati jihatidan muhim bo’lgan dolzarb masalalar muhokamasi davom etmoqda.
Jumladan:
— Buyuk Britaniyaning asoslangan ta'lim orqali tadbirkorlik bo’yicha tashabbuslari;
— Janubiy Hindiston muhandislik institutlarida tadbirkorlik bo'yicha ta'lim amaliyotlari;
— Xitoy innovatsion onlayn platformalar orqali yoshlar tadbirkorlarining imkoniyatlarini kengaytirish, Xitoy Chongqingning yangi energiya orqali ijtimoiy innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi rolini o'rganish;
— Filippindagi qulay ekotizimda tadbirkorlik ta'limi orqali yoshlar boshchiligidagi start-up loyihalar;
— Pokistonda inkubatsiya qilingan start-up loyihalar;
— YUNESKO-YUNEVOKning texnik va kasb-hunar taʼlimi va taʼlim tizimida tadbirkorlik taʼlimi boʻyicha istiqbolli amaliyotlarini oʻtkazish imkoniyati;
— Italiyaning kam ta’minlangan yoshlarga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha COMETA modeli kabi qator dolzarb mavzular doirasida xalqaro tajribalar o’rganilmoqda. Natijada yangi innovatsion loyihalar, yangi tashabbuslar ilgari surilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik ta’limi sohasiga oid hamkorlik va ilmiy faoliyat bo’yicha istiqbolli vazifalar belgilanmoqda.
ALFRAGANUS UNIVERSITY